Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tamaki mahsulotining noqonuniy oldi-sotdisi o‘sib bormoqda

Tamaki mahsulotining noqonuniy oldi-sotdisi o‘sib bormoqda

Noqonuniy tamaki mahsulotlari bilan savdo qilish darajasi o‘sib bormoqda. Toshkentning o‘zida joriy yil yanvardan mayga qadar ko‘rsatkichlar 1,5 barobardan ziyodga o‘sgan va 15,3%ni tashkil qilib turibdi.

2022 yil birinchi choragida davlat budjeti yo‘qotishlari allaqachon 100 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat soliq qo‘mitasining bosh soliq inspektori Ahmadbek Fayziyev tomonidan qayd etilishicha, 13 iyundan e’tiboran bu boradagi huquqbuzarliklarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilmoqda.

«O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, 13 iyundan boshlab tamaki, alkogol va pivo mahsulotini raqamli markirovkalash me’yorlarini buzganlik uchun ma’muriy choralar (mansabdor shaxslarga 100 BHM miqdorida jarima, sotganlik uchun oxirgi chorakda olingan tushumga teng miqdorda jarima) ko‘zda tutilgan. Bunday zamonaviy ta’sir choralari kontrabanda holatlarining oldini olishga qaratilgan bo‘lib, bozorda tamaki, alkogol va pivo mahsulotining qonuniy aylanmasini ta’minlaydi», — dedi Ahmadbek Fayziyev.

Eslatib o‘tamiz, tamaki mahsulotining noqonuniy oldi-sotdisi mahsulot musodarasi bilan birga 50 BHM va undan yuqori miqdorda jarimaga sabab bo‘ladi.

Takroriy qonunbuzarlik yoki salmoqli hajmdagi noqonuniy oldi-sotdi uchun esa quyidagilar ko‘zda tutilgan:

- jinoiy javobgarlik va 54 mln. so‘mdan boshlanadigan jarima;
- axloqni tuzatish ishlari;
- 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki cheklash.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring