Svetlanani 1 000 000 so‘mga sotgan Yulduz ushlandi
2021-yil 12-aprel kuni soat 19:00 larda Xorazm viloyati Yangibozor tumani IIB TEQKG xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda 36 yoshli D.Yulduz Yangibozor tumani Yuqoribashqir mahallasida joylashgan xonadonida 33 yoshli X.Svetlanani shartli ravishda mijoz sifatida jalb qilingan fuqarolarga bir kechaga 1 000 000 so‘m evaziga sotgan vaqtida ushlanib, undan kimyoviy ishlov berilgan 1 000 000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Yangibozor tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan D.Yulduzga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 1-qismi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter