Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryolik kishining 22 mln so‘mini aldab olgan soxta sotuvchi qo‘lga tushdi

Surxondaryolik kishining 22 mln so‘mini aldab olgan soxta sotuvchi qo‘lga tushdi

Foto: Kiberxavfsizlik markazi

Surxondaryo viloyatida yashovchi T.M. ichki ishlarga murojaat qilib, 22 mln so‘m pulini yeb ketgan noma’lum shaxs ustidan arz qildi.

Tezkor-qidiruv xizmatining Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jinoyatni sodir etgan shaxs — Toshkent shahrida yashovchi M.O. qo‘lga olingan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, M.O. jabrlanuvchi T.M. bilan Telegram messenjeridagi «Abusahiy optom» nomli guruh orqali tanishgan. Unga o‘zini Abu Saxiy bozorida erkaklar kiyim-kechaklarini ulgurji narxlarda sotuvchi tadbirkor deb tanishtirgan. Unga xarid qilingan kiyim-kechaklarni yetkazib berishini aytib, oldindan 22 mln so‘m pulni taksi orqali olishga o‘zaro kelishilgan.

Shundan so‘ng M.O. taksichi Surxondaryo viloyatidan Toshkent shahriga keltirgan bu pullarni aravakash yordamida olib, Paynet shaxobchasida o‘zi taqdim qilgan bank kartasiga o‘tkazdirib olgan. Keyin yozishmalarni o‘chirib yuborib, xaridorning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan M.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring