Surxondaryoda traktor ariqqa ag‘darildi. Traktorchi vafot etgan
2020 yilning 22 may kuni soat 17:50 da 49 yoshli E.X. o‘z boshqaruvida bo‘lgan «TTZ» rusumli tirkamali traktorda Uzun tumani «Chinor» mahallasi hududidagi adirlikdan avtomashinalar harakatlanishi uchun mo‘ljallanmagan yo‘ldan pastga yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan vaqtda, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning chap tomon qismida mavjud bo‘lgan qurigan ariqqa ag‘darilib ketib, yo‘l transport hodisasiga uchragan. Oqibatda fuqaro E.X., hodisa joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Uzun tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter