Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda arxeologiya yodgorligi barbod qilindi

Surxondaryoda arxeologiya yodgorligi barbod qilindi

Denov tumani fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalarini berish masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya tomonidan «Qoraxon» mahallasida joylashgan I-XII asrlarga oid  «Markaztepa» arxeologiya yodgorligi (0,21 ga) qonunchilik talablariga zid ravishda bog‘dorchilik uchun fuqaro M.A.ga berilgani aniqlandi.

Oqibatda, fuqaro M.A. tomonidan ushbu tarixiy yodgorlikning 630m3 hajmdagi hududi buzib tashlanib, ob’yektga juda ko‘p miqdorda — 13 mlrd. so‘m zarar yetkazilgan.

Tekshirish natijasiga ko‘ra, tegishli mansabdor shaxslar va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan og‘ir jinoyatlar toifasiga o‘tkazilgan va aybdor shaxslarga 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring