Jinoiy faoliyatidan qaytmagan ayol qamaldi
1990-yilda tug‘ilgan N.S. 2020-yilda Suriya va Turkiyada faoliyat yuritayotgan «Tavxid va jixod katibasi» xalqaro terrorchilik guruhi a’zolari bilan internet tarmog‘i orqali aloqa o‘rnatib, ularning ta’sirida Turkiyaga borgan, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati.
So‘ngra, jangarilar safiga qo‘shilish maqsadida Suriya hududiga o‘tishga uringan vaqtida Turkiya chegarachilari tomonidan qo‘lga olingan va O‘zbekistonga qaytarilgan.
Biroq, N.S. yashash manziliga qaytib kelganidan keyin ham jinoiy faoliyatini davom ettirib, Internet orqali «Tavxid va jixod katibasi» terrorchilari bilan aloqani qayta tiklagan, ularning g‘oyalarini qo‘llab kelgan hamda o‘z yaqinlari orasida va ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik g‘oyalarni targ‘iboti bilan shug‘ullangan.
Yuqorida qayd etilgan holatlar yuzasidan fuqaro N.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 244-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida N.S.ga nisbatan insonparvarlik tamoyili asosida «Tilxat» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Biroq, N.S. bu safar ham o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarib olmasdan Suriyadagi hamfikrlari safiga qo‘shilish maqsadida O‘zbekiston hududidan yashirincha chiqib ketishga uringan vaqtida huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olindi.
Bir necha marotaba imkon berilgan bo‘lsada, to‘g‘ri xulosa chiqara olmagan N.S.ga nisbatan sud hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter