Sudyalar oliy kengashi qo‘lga tushgan sudya masalasida izoh berdi
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi Toshkentda qo‘lga olingan hakamlik sudi sudyasi bilan bog‘liq holatga izoh berdi.
Kengash matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, hakamlik sudlari sud tizimiga kirmaydi.
Aksincha, fuqarolik-huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan, tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida vujudga keluvchi iqtisodiy nizolarni hal etish vakolatiga ega bo‘lgan nodavlat organ hisoblanadi. Shu bois ham hakamlik sudlari faoliyati O‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunida emas, balki alohida normativ-huquqiy hujjat – «Hakamlik sudlari to‘g‘risida»gi Qonun bilan tartibga solingan.
Bayonlardan xulosa shuki, hakamlik sudlari sudyalari Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanmaydi va ozod etilmaydi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter