«Sudlar va OAV hamkorligi: muammo va yechimlar» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar sudi tashabbusi va Sudyalar oliy kengashi hamkorligida «Sud tizimidagi islohotlar. Sudlar va ommaviy axborot vositalari hamkorligi: muammo va yechimlar» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda poytaxt sudlari mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari vakillari, huquqshunos-blogerlar ishtirok etdi.
Davra suhbatida mamlakatimizning barcha jabhalari qatori sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda ochiqlik va shaffoflik tamoyili ustuvor yo‘nalishga aylandi. Chunki, mazkur tamoyillar sudlarga bo‘lgan ishonchni ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Aholining odil sudlovdan xabardorlik darajasini oshirish, bu jarayonda OAV bilan hamkorlik, sudlar faoliyatiga oid xolis va tezkor axborot taqdim etishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish ham muhim hisoblanadi.
Sudlar faoliyatining samaradorligi jamiyatning unga bo‘lgan ishonchiga va sud qarorlarining huquqiy asoslarini to‘g‘ri tushunishiga bog‘liq. Bu esa sud ishlari ommaviy axborot vositalari professional darajada yoritilishida sud idoralari va jurnalistlar o‘rtasidagi konstruktiv hamkorlik zaruriyat darajasida ekanini ham anglatadi.
Shuningdek, davra suhbatida ijtimoiy adolatni barqarorligi jamiyatda huquqiy madaniyat, huquqiy ong bilan chambarchas bog‘liq ekani ham alohida ta’kidlandi. Jamiyatni huquqiy madaniyat shakllantirish huquqiy targ‘ibot ishlari samaradorligiga ham bog‘liq. Huquqiy targ‘ibot ishlarini ommaviy axborot vositalarisiz samarali amalga oshirishning deyarli iloji yo‘q.
Tadbirda sud ishlarini yoritishning xos xususiyatlari, sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini ta’minlash, bu jarayonda yuzaga kelayotgan ayrim tushunmovchiliklar hamda ularning huquqiy yechimlari borasida fikr almashildi.
Bundan tashqari mutasaddilar tomonidan poytaxt sudlari tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar, sud ishlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida atroflicha axborot berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter