Sud tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan bir qator sudyalar lavozimda bo‘lishning navbatdagi muddatiga, shuningdek vakolati muddati davriga qayta tayinlandi.
Jurayev Baxodir Abdimurodovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
Kuldashev Jaxongir Abduganiyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Ismatova Aziza Sobirdjonovna – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Anarov Furkat Shuxratovich – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Mirzaxanov Akmal Xabibullayevich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi;
Yusupov Temurjan Komiljanovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Shuningdek:
Mirraximov Mirali Maxmutjonovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi.
Bundan tashqari:
Allayev Ubaydulla Sadullayevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Qarshiyev Ergash Mustapakulovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining sudyasi lavozimiga;
Rajabov Ozodjon Obidovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Buxoro viloyat ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
Raximov Soxib Xayitmurotovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Surxondaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Qahorov Farrux Farmonovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro tuman sudining raisi lavozimiga;
Ravshanov Xurshid Nematovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;
Saydullayev Alisher Yusufovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter