«Stiker»ni noqonuniy qo‘lga kiritganlarga jinoyat ishi ochildi
Toshkentda avtomashinada harakatlanish huquqini beruvchi «stiker»larni noqonuniy qo‘lga kiritgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahar, Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tib, ulgurji savdo turiga ega bo‘lgan «D.F.» MChJ mansabdor shaxslari mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, karantin qoidalariga zid ravishda 7 nafar shaxslarni ishga qabul qilish haqida buyruqlarni rasmiylashtirib, Davlat xizmatlari markazidan karantin davrida avtomashinada harakatlanish huquqini beruvchi stikerlarni noqonuniy olishga erishganligi aniqlangan.
Shu kabi, 9 ta ma’suliyati cheklangan jamiyatlari mansabdor shaxslari jami 18 ta holatlarda stikerlarni noqonuniy qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan 17.04.2020 yilda Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 192-11, 257-1 va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter