Sobiq o‘zbek diplomati «vatanga xoinlik qilish»da aybdor deb topildi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida sobiq diplomat K.Yusupovga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy sud rasmiy saytida xabar tarqatdi.
Unga ko‘ra, bir necha oy davomida o‘tkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari tinglanib tahlil qilindi.
DXX Tergov boshqarmasi tomonidan to‘plangan dalillarga baho berilib, sudlanuvchining vajlari tekshirildi.
Pirovardida, sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, sudlanuvchi K.Yusupov davlatga xoinlik qilish (Jinoyat kodeksi, 157-modda) jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topdi.
Sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, sudlanuvchining shaxsi, oilaviy ahvoli kabi jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar e’tiborga olinib, K.Yusupovga 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter