Hech qayerda ishlamagan shaxslar ham pensiyaga chiqishi mumkinmi?
Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonuniga asosan, ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar va ularning oilalari davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qildi.
Ularning ijtimoiy ta’minlanish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi qarori bilan tasdiqlangan «Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan, ish stajiga ega bo‘lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa mehnatga layoqatli voyaga yetgan farzandlari, qarindoshlari yoki Oila kodeksiga muvofiq ularni ta’minlashga majbur bo‘lgan boshqa shaxslar bo‘lmagan taqdirda tayinlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter