Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda shaxsiy ma’lumotni «Tik tok»da tarqatish bilan qo‘rqitgan tovlamachi qo‘lga olindi

Samarqandda shaxsiy ma’lumotni «Tik tok»da tarqatish bilan qo‘rqitgan tovlamachi qo‘lga olindi

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yashovchi, 1989 y.t. A. IIB ga ariza bilan murojaat qilib, 2021-yil 26-yanvar kuni telefon raqamiga noma’lum shaxs telefon orqali o‘zini samarqandlik «Fedya» deb tanishtirib, tanishi B. o‘rtasidagi shaxsiy suhbatlar, fotosuratlar va video tasvirlarni internet tarmog‘ining «Tik tok» sahifasiga tarqatish bilan qo‘rqitib, evaziga 1 million so‘m berishni talab qilib kelayotganligini bildirgan.

27-yanvar kuni Samarqand viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Toyloq tumani Jumabozor qishlog‘ida yashovchi, 1998-y.t. B.F. va 1992-y.t. F.B. lar fuqaro A. ga tegishli bo‘lgan sim kartani 1 million so‘mga sotayotgan vaqtida ushlanib, hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring