Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda qurol sotayotgan shaxs ushlandi

Samarqandda qurol sotayotgan shaxs ushlandi

Paxtachi tumani IIB xodimlari tomonidan olingan ma’lumotga asosan, 2022 yil 06 iyul kuni tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, 1965 yilda tug‘ilgan, muqaddam O‘zbeksiton Respublikasi JKning 104-moddasi bilan sudlangan, Paxtachi tumani «Yangiobod» MFYda yashovchi A.S. 6 million so‘m evaziga o‘zining IJ-17 rusumli ov miltig‘ini noqonuniy ravishda sotayotganda ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan A.S. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring