Samarqandda IIB tergovchisi pora bilan qo‘lga tushdi
Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tergovchisi Z.K. pora ustida qo‘lga olinganiga oid xabar tarqaldi. Xabar.uz so‘roviga javoban ayni ma’lumotni Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdiqladi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 3 avgust kuni huquqni muhofa qiluvchi organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Z.K. o‘z yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchiga yengillik qilib berganligi evaziga ta’magirlik yo‘li bilan talab qilgan 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Shu kuni tergovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondor protsessual tartibda ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter