Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 16 nafar sportchi qamoqqa olindi

Samarqandda 16 nafar sportchi qamoqqa olindi

Foto: Samarqand viloyati IIB

Samarqand viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida shahar hududida joylashgan 14 ta yirik sport majmualarida tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirlar jarayonlarida 10 ta sport majmuasida ruxsatnomasiz sotib kelinayotgan 72 kilogramm protein va kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari hujjatlashtirib olingan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 16 nafar sportchi shaxslar IIO xodimlarining xizmat faoliyatiga faol qarshilik qilganligi, shuningdek, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi uchun qonunda belgilangan tartibda qamoqqa olingan.

«Sport zallari va klublarda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ularning faoliyati to‘xtatildi hamda klub egalari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, jinoyat sodir etmaslik to‘g‘risida rasman ogohlantirildi», deyiladi Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring