Restoranning sobiq ishchisi seyfdan pul o‘g‘irlaganlikda gumonlanmoqda
Shu yilning 19-sentyabr kuni soat 23.30dan 20-sentyabr kuni 09.00gacha bo‘lgan vaqt ichida noma’lum shaxs shahardagi restoranlarning biriga kirib, kalit tanlash yo‘li bilan seyfni ochib, ichidan 20 yoshli Surayyo L.ga tegishli bo‘lgan 25 million so‘m va videokameraning xotira kartasini o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
«Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O‘g‘rilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-tergov tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchi sifatida restoranning sobiq ishchisi 29 yoshli Murodil I. va uning tanishi 29 yoshli Toxirjon X.lar aniqlandi», deyiladi IIBB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter