Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarida kimlarga bepul xizmat ko‘rsatiladi?
Prezidentning 2003-yil 26-fevraldagi farmoniga binoan ixtisoslashtirilgan akademik Vosit Vohidov nomidagi xirurgiya, urologiya, ko‘z mikroxirurgiyasi va kardiologiya markazlarida maxsus yo‘llanmalarga (orderlarga) asosan davlat budjeti mablag‘lari hisobiga bepul davolanadigan quyidagi imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati belgilandi:
- bolalikdan nogironlar;
- g‘irt yetimlar;
- I va II guruh nogironlari;
- 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilganlar;
- yoshga oid ishlamaydigan pensionerlar;
- 1941 — 1945-yillardagi mehnat fronti qatnashchilari;
- Chernobil AES halokatini bartaraf etishda qatnashgan nogironlar;
- baynalmilalchi jangchilar;
- fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlarida moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oila a’zolari.
Ushbu imtiyozlarga ega bo‘lgan bemorlarga markazlarda davolanish uchun maxsus yo‘llanmalar (orderlar) hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari tomonidan beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter