Referendum haqidagi qonunga o‘zgartishlar kiritilyapti
Senatorlar bugungi yalpi majlisda «O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida»gi qonuniga o‘zgartirishlar kiritish masalasini ko‘rib chiqishgan.
Bu orqali referendum o‘tkazuvchi komissiyalar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi, chet davlatlarda turgan fuqarolarni ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlariga kiritish, referendum o‘tkazuvchi komissiya a’zolari bo‘la olmaydigan shaxslar doirasi belgilanmoqda.
Qonun qabul qilinishi natijasida:
- ma’muriy-hududiy birliklar tashkil etilganda yoki ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari o‘zgarganda deputat tegishli mahalliy Kengash tarkibiga kirishi va vakolatlari muddati davom ettirilishi;
- yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birlikda mahalliy Kengashga saylovni o‘tkazish uchun saylov okruglari sonini belgilash va ushbu saylov okruglari, saylov komissiyalarini tuzishi;
- yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini o‘tkazishga oid munosabatlar huquqiy tartibga solinishiga erishiladi.
Shuningdek, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi qonunda saylov okrugining hududi boshqa ma’muriy-hududiy birlik tarkibiga o‘tkazilganda yoki uning hududida yangi ma’muriy-hududiy birlik tashkil etilgan taqdirda ushbu saylov okrugidan saylangan deputatning vakolatlari saqlab qolinishi belgilanmoqda.
Bunda deputat saylov okrugining hududi joylashgan xalq deputatlari Kengashi yoxud yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birlikda shakllantirilgan xalq deputatlari Kengashi tarkibiga kiradi, deputatning vakolatlari muddati esa mazkur xalq deputatlari Kengashining vakolatlari muddatiga muvofiqlashtirilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter