Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqobat qo‘mitasi mansabdori qamoqqa olindi

Raqobat qo‘mitasi mansabdori qamoqqa olindi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlovchi shaxs Andijon shahrida farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJning moliyaviy holati bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvlar jarayonida, MChJga qarashli dorixonalar tomonidan dori vositalarini belgilangan referent narxlardan qimmat narxlarda sotish orqali iste’molchilardan 2,1 mlrd. so‘m ortiqcha pul olinganligi holati aniqlangani yuzasidan tuzilgan dalolatnomani bekor qilib berish evaziga 30 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, mazkur mansabdor shaxs 22,5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.Tergovga qadar tekshiruv davomida, u muqaddam 7,5 ming AQSh dollari olganligi ham ma’lum bo‘ldi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring