Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qochoq ota boloxonadan topildi

Qochoq ota boloxonadan topildi

Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi tezkor qidiruv sho‘’basi tomonidan  aliment qarzlarini qasddan to‘lamay qochib yurgan qarzdor shaxslarni qidirib topish bo‘yicha viloyatning barcha hududlarida tezkor tadbirlar o‘tkazilishi davom etmoqda.

Joriy yilning o‘tgan vaqtida 392 nafar alimentdan qarzdor shaxslarga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, shundan 235 nafari topilgan.

Kuni kecha Yangiyo‘l tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida yana bir berkinib olgan qarzdor shaxs topildi.

2022 yildan beri qidiruvda bo‘lgan, 1 nafar farzandi uchun alimentdan 30 million so‘m qarzi bor fuqaro X.Azimboyev navbatdagi tadbir davomida o‘z hovlisidagi boloxona(chordoq)dan topilgan.

Qochoq ota shu zahotiyoq tegishli tartibda ushlanib, dalolatnoma tuzilgan. Tuman bo‘limi davlat ijrochisi esa aliment to‘lash majburiyatini qasddan bajarmagan qarzdor shaxsga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rish maqsadida uning ishini sudga chiqargan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring