Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qidiruvdagi shaxs «fotoqopqon»ga tushdi

Qidiruvdagi shaxs «fotoqopqon»ga tushdi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida kuzatuv kameralari yordamida qidiruvda bo‘lgan shaxs aniqlanib ushlandi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining qarzdor D.Sh. dan undiruvchi D.S. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minoti uchun qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlaridan 1/3 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Sh.Rashidov tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasiga muvofiq ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan 03.12.2021-yilda Qonunning 42-1-moddasiga asosan qidiruv e’lon qilingan.

Uzoq muddat yashirinib yurgan shaxs yaqinda qo‘lga tushdi. Yagona tezkor boshqaruv markazining «Qalqon» tizimi orqali u Toshkent shahri Yashnobod tumanida kuzatuv kameralari yordamida ushlandi.

Qarzdorga nisbatan qonuniy qaror qabul qilish maqsadida u davlat ijrochisiga  topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring