Qatag‘on qilingan 208 nafar shaxs oqlandi
Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan jami 3 ta jinoyat ishi bo‘yicha 208 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasining oqlov hukmi chiqarildi.
Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Shu asnoda adolat qaror topdi, yillar mobaynida yuzaga chiqmay kelgan haqiqat tantana qildi. Mustaqillik yo‘lida fidokorona kurash olib borgan, hatto o‘z jonini fido qilgan qatag‘on qurbonlarining pok nomlari xalqimiz qalbida mangu yashaydi», — deyiladi Oliy sud xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter