Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda ayol «Lasetti» egasini 6 000 dollarga chuv tushurdi

Qashqadaryoda ayol «Lasetti» egasini 6 000 dollarga chuv tushurdi

Foto: «Pokatim.ru»

27-avgust kuni muqaddam sudlangan D.R. ismli ayol ustidan IIBga shikoyat kelib tushdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

U 2018-yil 30-iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri Nasaf ko‘chasida joylashgan savdo do‘koni oldida fuqaro J.Q.ning «Lasetti» avtomashinasini sotib berishi va pulini bir oy muddatda berishini aytib, aldov yo‘li bilan avtomashinani olgan, biroq uni 6 000 AQSh dollariga sotib yuborib, shu kungacha pullarni bermasdan kelgan. Murojaatga muvofiq D.R. qo‘lga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring