Qashqadaryo IIB «ko‘knori shaydosi» haqida ma’lumot berdi
Inson boshqa jonzotlardan ong va tafakkuri, aql-idroki bilan ajralib turadi. Taraqqiyot qanchalik ilgarilamasin, yangidan-yangi dori-darmonlar qanchalik ko‘paymasin, agar inson o‘z salomatligi uchun o‘zi qayg‘urmasa, kutilgan natijaga erishish mushkul.
Afsuski, oramizda ana shu haqiqatni ko‘ra-bila turib, o‘z joniga qasd qilayotgani yetmagandek, o‘zgalar hayotini zaharlashga urinayotgani achinarli.
Jumladan, Kitob tumanida yashovchi 52 yoshli Sh.S. ham o‘zgalar hayotini zaharlashga qasd qiluvchi shaxslar toifasidan bo‘lib chiqdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
21 may kuni soat 13:00 larda Qashqadaryo viloyati IIB TEQKB hamda Kitob tuman IIB xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda Sh.S. ning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari ko‘zdan kechirilganda, hovlisida 4 tup ko‘knori o‘simligi yetishtirayotganligi ma’lum bo‘ldi. Ko‘knorining sof og‘irligi 174,6 grammni tashkil etdi.
Mazkur holat yuzasidan ayni kezlarda Kitob tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter