Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshida soliq inspektori pora bilan qo‘lga tushdi

Qarshida soliq inspektori pora bilan qo‘lga tushdi

Foto: Xabar.uz

Qarshi tumani Davlat soliq inspeksiyasi (DSI) katta inspektori pora bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda. Ayni xabarni huquqni muhofaza qiluvchi organdagi manbamiz tasdiqladi.

Aytilishicha, DSI katta inspektori B.X. bir fuqaroning qonunchilikda taqiqlanmagan faoliyat turi bilan davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, yashash uyi yordamchi xonasida savdo do‘koni tashkil qilib, oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanganini aniqlaydi. So‘ng undan mahsulotlarini musodara qilmaslik evaziga 500 ming so‘m pora talab qiladi. Talab qilgan pulni olayotgan paytda esa tegishli organ xodimlari tomonidan ashyoviy dalil bilan ushlanadi.

Holat bo‘yicha 210-moddasi («Pora olish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Gumondorga nisbatan qanday shakldagi ehtiyot chorasi qo‘llangani haqida ma’lumot hozircha yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring