Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuror xalq artisti Malika Ahmedovani qabuliga taklif qildi

Prokuror xalq artisti Malika Ahmedovani qabuliga taklif qildi

O‘zbekiston xalq artisti Malika Ahmedova uyidan 600 000 dollarga teng qimmatbaho taqinchoqlar o‘g‘irlangani haqida murojaat qilgan edi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 11 aprel kuni Malika Ahmedova Mirzo-Ulug‘bek tumani prokurori Aliakbar Po‘latovning qabuliga taklif qilingan va uning tergov bilan bog‘liq e’tiroz, vajlari tinglangan.

«Qabul davomida M.Ahmedovaga tuman prokuraturasiga taqdim qilingan jinoyat ishi tegishli tartibda o‘rganib chiqilganligi va tergov organiga ish bo‘yicha qo‘shimcha tergov harakatlarini o‘tkazish haqida yozma ko‘rsatma berilganligi tushuntirildi», deyiladi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabarida.

Qo‘shimcha qilinishicha, 8 aprel kuni  jinoyat ishi ayblov xulosasini tasdiqlash va sudga yuborish uchun tuman prokuraturasiga taqdim qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring