Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuror o‘rinbosari va sobiq tergovchi qamoqqa olindi — DXX

Prokuror o‘rinbosari va sobiq tergovchi qamoqqa olindi — DXX

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Asaka tumani Ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasining sobiq xodimi Asaka tumani prokurori o‘rinbosari orqali, mazkur tuman prokuraturasi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi doirasida, qurilish firmasi rahbariga nisbatan qo‘llanilgan «qamoq» ehtiyot chorasini o‘zgartirib, tergov harakatlari davomida aniqlangan zarar summasini qayta nazorat-o‘lchov tadbirlari o‘tkazish orqali kamaytirib berish evaziga, ayblanuvchining yaqinlaridan 15 ming AQSh dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan to‘plangan materiallar asosida sobiq tergovchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida tuman prokurori o‘rinbosari ham ushbu jinoyat ishiga ayblanuvchi tariqasida jalb qilindi.

Hozirda ularga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring