Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuraturada deputat qiynoqqa solingani haqidagi xabar o‘rganilmoqda

Prokuraturada deputat qiynoqqa solingani haqidagi xabar o‘rganilmoqda

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahar prokuraturasidagi qiynoq haqidagi xabar Ombudsman tomonidan o‘rganilmoqda.

Joriy yilning 2 fevral kuni «Aspekt24»ning youtube ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida «Toshkent shahar prokuraturasida deputatni qiynoqqa solishdimi» sarlavhasi ostida videoxabar tarqaldi.

Unda joriy yilning 26 yanvar kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro X.Raxmonovga nisbatan qamoqqa olish tartibidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi tomonidan  rad etilib, fuqaroni sud zalidan darhol ozod etish to‘g‘risida qaror chiqarilgan bo‘lsa-da, u qo‘yib yuborilmasdan shahar prokuraturasiga olib borilib qiynoqqa solingani xabar qilingan. 

Mazkur holat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan o‘rganishga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat kiritildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring