Prezidentni haqoratlagan jizzaxlik shaxsga jinoiy ish ochildi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaatlar yuzasidan rasmiy bayonot berildi.
1969-yilda Baxmal tumanida tug‘ilgan fuqaro V.K. internetning «YouTube» va «Facebook» tarmoqlarida «V.K.» (nomi qisqartirilgan) profillar ochib, ushbu profillari orqali turli mavzularda internet tarmoqlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishlar qilib, o‘z chiqishlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka noto‘g‘ri talqin qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini internet tarmoqlari orqali haqoratlab, davlat rahbari obro‘siga putur yetkazish va kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatib, tuhmat qilib kelayotganligi holati aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan DXX Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 158-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Prezidentni internetda haqoratlaganlik yoki unga tuhmat qilganlik uchun javobgarlik belgilangani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter