Prezident tomonidan yangi qonun imzolandi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–851-son, 07.07.2023 y.) bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritildi.
Shunga ko‘ra:
Muvofiqlikni baholash qoidalarini muvofiqlikni baholash organlari tomonidan buzish, agar bu texnik reglamentlar talablariga javob bermaydigan mahsulot chiqarilishiga yoki muvofiqlikni baholashni amalga oshirish uchun mahsulotni taqdim etgan jismoniy yoki yuridik shaxsga zarar yetkazilishiga olib kelsa:
- mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda (3 mln 300 ming so‘mdan 13 mln 200 ming so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mazkur huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa:
- mansabdor shaxslarga BHMning 40 baravaridan 80 baravarigacha miqdorda (13 mln 200 ming so‘mdan 26 mln 400 ming so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ilgari bunday norma mavjud emas edi.
Shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha Bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlari BHMning 80 baravarigacha miqdorda (26 mln 400 ming so‘mgacha) jarima solish tarzidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga haqliligi belgilandi.
Ilgari BHMning 7 baravarigacha edi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter