Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident devoni sobiq xodimi uyushgan jinoyatchilikda ayblanmoqda

Prezident devoni sobiq xodimi uyushgan jinoyatchilikda ayblanmoqda

Foto: «flashcrimea.com»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ishlar boshqarmasi (sobiq) bo‘lim boshlig‘i A.Do‘stov tovlamachilik, firibgarlik, pora oldi-berdisi bilan shug‘ullangan jinoiy guruhga rahbarlik qilganlikda ayblanmoqda. Bu haqda «Jahon.uz» saytida o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Saytga ko‘ra, u bir guruh hamtovoqlari bilan «...puxta konspiratsiya va huquqni muhofoza qilish organlaridan himoyalanishning yo‘lga qo‘yilgan tizimini tashkillashtirib», «davlat ahamiyatiga molik, yuqori lavozimda ishlovchi muayyan miqdordagi haq evaziga har qanday ishlarni mablag‘ bergan shaxslarning manfaatlari yo‘lida ijobiy hal qila olishga qodir shaxs sifatida ta’riflab, ularning ishonchiga kirib, ularning mablag‘larini qo‘lga kiritish bilan shug‘ullanib» kelgan.

Uyushgan guruh tomonidan ma’lum haq evaziga quyidagi jinoyatlar sodir etilgani aytiladi:

  • Toshkent shahar Shayhontahur tumani, «Markaz-13» mavzesidagi «Chkalov» nomidagi Toshkent aviatsiya birlashmasiga qarashli bo‘lgan yer maydonida Devon, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi xodimlari uchun 4-5 xonadan iborat uylar qurilishi va ushbu uylardan olib berish;
  • IIV TB tomonidan tergov harakatlari olib borilgan jinoyat ishi bo‘yicha Jinoyat kodeksining 244(2)-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) sodir etganligi uchun qamoqqa olinganlarni qamoqdan chiqarish va ular saqlanayotgan UYa-64/TH-1 muassasasi xodimlari tomonidan muassasaning ichki tartibini buzishgan taqdirda ularga nisbatan jazo qo‘llanilmasligi masalasini hal qilib berish;
  • «Chkalov» nomidagi Toshkent aviatsiya birlashmasi tomonidan sotuvga chiqarilayotgan mol-mulklarni sotib olib berish;
  • Davlat maslahatchisi (sobiq) lavozimida ishlovchi R.M. bilan yaqin munosabatda ekanliklarini aytib avf orqali mahkumlarni qamoqdan chiqarish;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlash;
  • Nukus Davlat pedagogika institutining rektori lavozimiga tayinlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlash;
  • Samarqand viloyat Narpay tumanida joylashgan «Oqtoshdonmahsulotlari» ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi lavozimiga tayinlash;
  • Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining qarori, fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi apellyasiya hay’atinining hal qiluv qarorini o‘zgartirishsiz qoldirish haqidagi ajrimini Oliy sudning mansabdor shaxslariga topshiriq berish yo‘li orqali bekor qilish;
    «Andijonpaxtasanoat» hududiy aksiyadorlik birlashmasiga ishga joylashtirib qo‘yish;
  • «Qo‘qon yog‘-moy» ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi lavozimiga ishga tiklash;
  • Abituriyentlarni o‘qishga kiritishga ishontirib fuqarolarni mablag‘larini o‘zlashtirib kelganlar.

Uyushgan guruh jinoiy faoliyati natijasida fuqarolarning jami 1 million 669 ming 700 AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larini o‘zlashtirganliklari aniqlangan.

Xabarda jinoiy guruhga nisbatan tergov harakatlari yakunlangani yoki sud hukmi chiqqan-chiqmagani haqida ma’lumotlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring