Bosh prokuratura Prezident devoni sobiq xodimi «ishi»ga aniqlik kiritdi
Kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ishlar boshqarmasi (sobiq) bo‘lim boshlig‘i A.Do‘stov uyushgan jinoiy guruhga rahbarlik qilgani va guruh tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlar haqida «Jahon.uz» o‘z manbalariga tayanib xabar tarqatgani haqida ma’lum qilgandik.
Mazkur xabarga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari aniqlik kiritdi. Unga ko‘ra, jinoiy guruh faoliyati kecha yoki bugun emas, balki olti yil burun fosh etilib, 2014-yilning fevral oyida aybdorlarga nisbatan sud tomonidan tegishli jazo tayinlangan.
Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining 19.02.2014-yildagi hukmiga ko‘ra, Do‘stov Asatulla Ismailovich (1963-yil 20-iyun kuni Samarqand viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi umumiy bo‘limining ekspeditsiya mudiri lavozimida ishlagan) tovlamachilik, mansab soxtakorligi, pora berish, jinoiy uyushma tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 18 (o‘n sakkiz) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Qo‘shimcha jazo tariqasida 3 (uch) yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan ham mosuvo etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter