Prezident Buxoro viloyat sudi rais o‘rinbosarini ishdan oldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-mart kungi F-34-sonli farmoyishi bilan Allayev Abdullo Sadulloyevich sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Buxoro viloyat sudi raisining o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Abdullo Allayev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida ishlagan.
Mazkur farmoyish bilan yozma arizasiga binoan hamda odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun Ro‘ziyev Suxandiyor Gadoyevich Buxoro viloyat sudi raisining o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun: Suxandiyor Ro‘ziyev bir yil avval — 2021-yilning 1-mart kuni Buxoro viloyat sudi raisining o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlangan edi. Ungacha esa Buxoro viloyat ma’muriy sudining raisi lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter