Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Prava» olib berishni va’da qilgan inspektor ushlandi

«Prava» olib berishni va’da qilgan inspektor ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Angor tumanida fuqaroga haydovchilik guvohnomasini o‘qishga qatnashmasdan olib bermoqchi bo‘lgan inspektor aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «Vatanparvar» tashkiloti Angor tumani O‘quv sport texnika klubi kadrlar bo‘yicha inspektori S.M. fuqaro A.ga «B» toifadagi haydovchilik guvohnomasini 1 oy muddatda o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan imtihonlarni ijobiy hal qilib olib berish evaziga 1,9 mln so‘mini qo‘lga kiritganligi aniqlanib, tekshiruv davomida ixtiyoriy ravishda qaytargan 1 mln so‘mi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida «prava»ni «sotib olish» holatini keskin tanqid qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring