Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

PPX xodimlari qidiruvdagi ikki ayolni ushlashdi

PPX xodimlari qidiruvdagi ikki ayolni ushlashdi

Foto: IIBB

Toshkent viloyati IIBB 1-mintaqaviy hudud PPX xodimlari tomonidan o‘g‘irlik va bosqinchilik jinoyati bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan ikki ayol aniqlanib, ushlandi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

2020-yil 4-sentyabr kuni o‘tkazilayotgan qidiruv tadbiri davomida, Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi «v, g» bandlari, 46-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jazo o‘tashdan bo‘yin tovlab, joriy yil may oyidan qidiruvda bo‘lgan 31 yoshli Ye.B. (ayol) viloyat IIBB 1-mintaqaviy hudud PPX xodimlari safdor O.Normetov va serjant A.A’zamovlar tomonidan aniqlanib, ushlandi.

Shuningdek, 10-sentyabr kuni o‘tkazilgan qidiruv tadbir natijasida Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, unga tayinlangan jazoni o‘tashdan bosh tortib yurgan qidiruvdagi 25 yoshli N.M. (ayol) Chilonzor tumanida ekanligi aniqlanib ushlandi.

Ushbu shaxslarga qonuniy chora ko‘rilishi uchun hududiy IIBlarga topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring