Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pora olish va boshqa jinoyatlarda ayblanayotgan agentlik rahbarlarining sudi boshlandi

Pora olish va boshqa jinoyatlarda ayblanayotgan agentlik rahbarlarining sudi boshlandi

Foto: «Xabar.uz»

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Tashqi Mehnat migratsiyasi agentligi sobiq rahbarlari ishi bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabar berdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi sobiq boshlig‘i R.Ibragimov, uning o‘rinbosari lavozimida ishlagan A.Abdullayev, agentlikning Jo‘nab ketishdan oldingi moslashtirish va o‘qitish markazi sobiq rahbari O.Maxsudov Jinoyat kodeksining qator moddalari, xususan,  210- (pora olish), 211- (pora berish), 243- (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) va 278-2-(kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish) moddalarida ko‘rsatilgan qilmishlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Mazkur jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Orifjon Qilichev raisligida ko‘rib chiqilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring