O‘zbeklarni AQSh va Kanadaga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi
Ulardan biri ayol va uning 10 yoshli qizini Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilgandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Guliston shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahrida yashovchi, 1990 y.t., muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan shaxs o‘zining tanishlari yordamida, Guliston shahrida istiqomat qiluvchi, 1998 y.t. fuqaroni Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga 35 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Samarqand shahrida yashovchi, 1996 y.t., muqaddam sudlangan shaxs hamshahari bo‘lgan 1978 y.t. ayolning ishonchiga kirib, 50 ming AQSh dollari evaziga u va uning 2013 y.t. qizini «O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi – Meksika – AQSh» yo‘nalishi orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborishni va’da qilib, zarur bo‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oldindan 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi.
Boshqa bir holatda esa Samarqand shahrida yashovchi, 1974 y.t., muqaddam sudlangan ayol Bulung‘ur tumanida istiqomat qiluvchi, 1984 y.t. fuqaro va uning 1986 y.t. qarindoshini 24 ming AQSh dollari evaziga tanishlari yordamida Kanada davlatiga ishga yuborishni va’da qilib, oldindan 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter