O‘zbekistonlik ikki fuqaro Rossiyada uch yilga qamaldi
Rossiyaning Astraxan viloyati Krasnoyarsk tuman sudi o‘zbekistonlik ikki fuqaroni uch yilga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda «Regnum» viloyat prokuraturasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.
Ayblanuvchilar chegarachilar tomonidan qo‘lga olingan.
Xabarga ko‘ra, aprel oyida ikki nafar o‘zbekistonlik chegara orqali 200 tadan ortiq sayg‘oq shoxini olib o‘tgan. Sayg‘oqlar Qizil kitobga kiritilgan noyob jonivor hisoblanadi va Rossiya Federatsiyasida ham xalqaro shartnomalar asosida muhofaza qilinadi.
Sud hukmiga ko‘ra, ular uch yil va ikki oyga ozodlikdan mahrum etildi, jazo umumiy tartibli koloniyada o‘taladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter