O‘zbekistonga noqonuniy atirgul olib kirilishining oldi olindi
Bojxona xizmatchilari tomonidan Toshkentga noqonuniy gul olib kirilishining oldi olindi. Bu haqida Podrobno xabar bermoqda.
O‘zbekistonga noqonuniy gul Qozog‘istondan olib kirilayotgan bo‘lgan. Huquqbuzarlik Toshkent viloyatining "G‘ishtko‘prik" bojxona postida aniqlangan.
"Mamlakatimiz xududiga kirib kelayotgan Lacetti va Shevrolet Lacetti rusumiga mansub avtomobillarda o‘tkazilgan bojxona ko‘rigi natijasida bojxona yo‘lovchi deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxonachilar tomonidan o‘tkazilgan og‘zaki so‘rovda aytilmagan gollandiya naviga mansub atirgullar aniqlangan. Atirgullar soni 875 ta bo‘lib, umumiy qiymati 43 million 750 ming so‘mni tashkil etadi", - deyiladi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati bayonotida.
Ayni vaqtda aniqlangan huquqbuzarlik borasida bojxona surishtiruvi davom etyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter