O‘zbekistonda «tuyaqush biznesi» bilan shug‘ullangan firma rahbari qamoqqa olindi
«Straus House» MChJ ta’sischisi Isroilov Ibrohim Ravshan o‘g‘li Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti «Kun.uz»ga xabar bergan.
Dastlabki tergov jarayonlarida aniqlanishicha, «Straus House» MChJ mansabdor shaxslari Toshkent shahar, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi jismoniy va yuridik shaxslar bilan 2019-yilning yanvar-aprel oylari davomida 90 kun muddat ichida Janubiy Afrika Respublikasidan «Ostrich» zotli tuyaqush (straus) jo‘jasini yetkazib berish yuzasidan shartnomalar rasmiylashtirish orqali ularning ishonchiga kirib, respublikaning turli viloyatlarida yashovchi 300 nafardan ortiq fuqarolarning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilishda gumon qilinmoqda.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter