Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoylik fermerning yuzga yaqin tuyaqushi qochib ketdi (video)

Xitoylik fermerning yuzga yaqin tuyaqushi qochib ketdi (video)

Skrinshot

Xitoyning Chunszo shahrida fermerning qochib ketgan tuyaqushlari shahar ko‘chalari va maydonlari bo‘ylab «poyga uyushtirdi». Bu haqda SGTN xabar berdi.

Qushlar mahalliy tuyaqushchilik fermasiga qarashli bo‘lgan. Darvoza ochilib qolgani sababli 80 dan ziyod tuyaqushlar ko‘chaga qochib chiqqan.

Politsiya yordamida aksariyat qushlar fermaga qaytarilgan. Hodisa payti talafotlar bo‘lmagani aytilmoqda.

Tuyaqushlar asosan sabzavotlar bilan oziqlanadi va vazni 100 kilogrammdan oshadi. Mahhliy fermada 300 dan ortiq tuyaqush boqilayotgan bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring