Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda bola huquqlari qay darajada kafolatlangan?

O‘zbekistonda bola huquqlari qay darajada kafolatlangan?

O‘zbekistonda bola huquqlari qay darajada kafolatlangan? Adliya vazirligi tomonidan shu kabi savollar va O‘zbekistonda bola huquqlarini muxofaza qilishdagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

BMT Bolalar fondining (YuNISEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Oliy sud, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, Advokatlar palatasi, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning vakolatxonalariva filiallari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Konferensiya BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi (20.11.1989 yil)qabul qilinganligining 30 yilligi arafasida o‘tkazilishi uning o‘ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi.

Anjumanni o‘tkazishdan asosiy maqsad BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi qoidalarini amalga oshirishda, shuningdek bola huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘rnini yoritish, shuningdek bu sohadagi mavjud muammolarni aniqlash hamda muhokama etish, ularni hal etishda xorijiy davlatlarning tajribasini inobatga olgan holda hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Tadbirda BMTning Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiyasi qoidalarining milliy qonunchilikda implementatsiya qilinishi, bolalarga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha sud ishlarini yuritishda xalqaro standartlar, O‘zbekiston ichki ishlar organlarining huquqni muhofaza qilish faoliyatida voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilishi, odil sudlov tizimida bolalar huquqlarini himoya qilishni ta’minlash va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shu bilan bir qatorda, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni har tomonlama himoya qilish bo‘yicha ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Ma’lumot uchun: 2019-yil 1-yanvar holatiga respublika bo‘yicha vasiylik va homiylik organlari nazoratida turgan yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar 57.600 tashkil etgan bo‘lsa, 2019- yilning 6 oyi davomida qo‘shimcha 9.286 nafar ushbu toifadagi bolalar aniqlangan.

Shuningdek, mazkur yo‘nalishda xalqaro va xorijiy tashkilotlar, davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qonunchilikni takomillashtirish va huquqni qo‘llash amaliyoti bir xilligini ta’minlashga qaratilgantakliflar berildi.

Tadbir yakunida Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qoidalarini amalga oshirishni yanada samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar umumlashtirilib, tegishli tashkilotlarga kiritishga kelishib olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring