Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston tarixida ilk bor Xalqaro yuridik forum o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston tarixida ilk bor Xalqaro yuridik forum o‘tkazilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF–5635-son Farmoni bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.

Davlat dasturiga muvofiq, joriy yilning aprel oyida Toshkent shahrida mustaqil O‘zbekiston tarixida birinchi marta Xalqaro yuridik forum bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oliy sud va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda.

Yaqin kunlarda Forumning rasmiy veb-sayti ishga tushadi va unda Forum bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar joylashtiriladi. Shuningdek, Forumda ishtirok etishni hohlovchilar shu veb-sayt orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring