Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston — Hindiston: Adliya vazirliklari Hamkorlik memorandumini imzoladi

O‘zbekiston — Hindiston: Adliya vazirliklari Hamkorlik memorandumini imzoladi

Foto: Prezidentning matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga davlat tashrifi doirasida turli sohalarda hamkorlikka oid 20 ta hujjat imzolandi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Hindiston Respublikasi huquq va adliya vazirligi o‘rtasida 1-oktyabr kuni Hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Memorandumdan ko‘zlangan maqsad xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyil va me’yorlariga muvofiq huquq sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek ikki o‘zaro manfaatli hamkorlik va tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Memorandumga muvofiq hamkorlik ikki mamlakatning tegishli qonunlari va huquq tizimi, huquq ijodkorligi, arbitraj va mediatsiya sohasida axborot va yuridik xizmatlar ko‘rsatishda tajriba almashish, shuningdek huquq va adliya sohasida olim va ekspertlar almashinuvidan iborat.

Shuningdek, Memorandumda konferensiya, seminar, leksiyalar, amaliy mashg‘ulot hamda qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Memorandum ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, ikki mamlakat vazirliklari o‘rtasida huquq va adliya sohasida samarali hamkorlik uchun huquqiy zamin yaratadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring