O‘tgan oylarda qancha tamaki mahsulotining noqonuniy aylanmasi to‘xtatib qolingani ma’lum qilindi
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan sentyabr-oktyabr oylarida o‘tkazilgan tekshirishlar natijalariga ko‘ra, qanday miqdordagi tamaki va alkogolli mahsulotlarning noqonuniy aylanmasining oldi olingani ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, qo‘mita tomonidan 2022 yilning sentyabr-oktyabr oylarida 1250,2 mln. so‘mlik alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.
Tamaki mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subektlari hamda fuqarolar faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida jami 497,6 mln. so‘mga teng 40 267 dona quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanishi to‘xtatib qolindi.
Shu jumladan quyidagilar qo‘lga olindi:
— 15 ta tadbirkorlik sub’yektidan aksiz markasisiz va raqamli markirovkasiz 101,6 mln. so‘mlik 13 934 dona quti olib qo‘yildi;
— davlat ro‘yxatidan o‘tmagan 302 nafar fuqarodan 396 mln.so‘m miqdorida 26 333 quti sigaretlar olib qo‘yildi.
Tegishli hujjatlar qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishi uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yo‘naltirildi.
Eslatib o‘tamiz:
— 2021 yil 1 yanvardan alkogol va tamaki mahsulotlarini identifikatsiyalash vositalari bilan majburiy raqamli yorliqlash talabi belgilangan.
20.11.2020 yildagi 737-son PKM № 1-ilova
— Majburiy raqamli markirovka qilinishi shart bo‘lgan tovarlarni markalash tartibi joriy etilgan kundan boshlab 12 oy o‘tgandan so‘ng, bunday tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotish taqiqlanadi.
Qiziq jihati shundaki, 2022 yilning birinchi yarmida tamaki mahsulotlaridan aksiz solig‘i tushumlari 910,7 milliard so‘mdan 909,7 milliard so‘mga kamaygan. Bir qarashda balki u qadar ko‘p emasdir... Lekin, aslida, bu tushumlar tamaki mahsulotlari narxi oshishi va aksiz solig‘i stavkasi oshishi hisobiga ko‘payishi kerak edi. Aksiz yukining darajasi noqonuniy mahsulotlarga qiziqish uyg‘otmaydigan darajada belgilanishi lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter