O‘ta xavfli retsidivist yana jinoyat sodir etdi
2019-yil 24-dekabr kuni Jizzax viloyati Zafarobod tumanida yashovchi 50 yoshli Sh.O‘. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda o‘zining o‘g‘li voyaga yetmagan 2002-yilda tug‘ilgan R.N. Do‘stlik ko‘chasidagi uylarning oldida ketayotganida noma’lum shaxs uni ushlab olib, urib tan jarohati yetkazib, bir dona bahosi 900.000 so‘mlik «Samsung» rusumli uyali telefon apparatini tortib olgani va hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berishicha, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni sud tomonidan o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan 41 yoshli S.B. sodir etganligi aniqlanib, undan «Samsung» rusumli telefon apparati tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Zafarobod tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan S.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 4-qismi «b» bandi (o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha jabrlanuvchi voyaga yetmagan R.N. 3 nafar shaxslar orasidan aynan S.B.ni tanib olgan va S.B.ga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e’lon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter