Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘ta og‘ir jinoyati uchun 20 yildan buyon qochib yurgan ayol ushlandi

O‘ta og‘ir jinoyati uchun 20 yildan buyon qochib yurgan ayol ushlandi

Toshkent viloyati o‘tkazilayotgan «Zarbdor» tezkor-profilaktik tadbiri davomi o‘ta og‘ir turdagi jinoyat sodir etgani uchun qariyb 20 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol ushlandi.

Qayd etilishicha, 11 iyun kuni viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Qozog‘iston Respublikasi politsiyasi bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida ayol Shimkent shahri hududida qo‘lga olindi va O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1962 y.t. F.U. (ayol)ga (Qibray tumanida yashagan) Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan va u o‘tgan davr mobaynida tergov organlaridan yashirinib yurgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring