O‘qituvchilarning «otpuskada ham ishlagani» tasdiqlandi
Ijtimoiy tarmoqda «Otpuskada ham ishladik» sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar bo‘yicha Farg‘ona viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish natijasida, Buvayda tumanida joylashgan 14-sonli umumta’lim maktabi xodimlaridan holat yuzasidan tushuntirish xatlari olindi. To‘plangan hujjatlarga asosan, maktab direktori tomonidan ta’til vaqtida o‘qituvchilar maktabning ta’mirlash ishlariga majburiy jalb qilganligi aniqlandi.
Qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yganligi sababli, 14-sonli umumta’lim maktabi direktoriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1 qismi bilan ma’muriy jarima qo‘llanildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter