Oqdaryoda uch xodim ish joyida pichoqlangani yuzasidan IIB ma’lumot berdi
To‘plangan hujjatlarga ko‘ra, 2019 yil 06 sentyabr kuni soat 18:00 larda Oqdaryo tumanida A.B. spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda tuman «Agrobank» binosiga kelib, hech bir sababsiz janjal chiqarib, yonida bo‘lgan yig‘ma pichoq bilan bank xodimlari N.Sh., U.H. va Qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi R.J.larni urib, tan jarohati yetkazgan vaqtda binoda xizmat olib borayotgan tuman IIB xodimlari tomonidan ushlanib, undan bir dona yig‘ma pichoq daliliy ashyo sifatida olingan. Bu haqda Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi TB tomonidan A.B.ga nisbatan 06.09.2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tan jarohati olgan uch nafar fuqarolarga nisbatan shu kuni sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
07.09.2019 yil kuni A.B. jinoyat ishiga JKning 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, shu kuni JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter